Qozog‘iston Ukrainadagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal etishga o‘z hissasini qo‘shishga, ikki mamlakat o‘rtasida vositachilik qilishga tayyor, deya ma’lum qildi respublika tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko.
– Vazir Ukrainada yuzaga kelayotgan vaziyatni BMT nizomiga muvofiq tinch yo‘l bilan tartibga solish zarurligi, vositachilik xizmati orqali muammoni diplomatiya yordamida bartaraf etishga tayyorligi bo‘yicha ijobiy pozitsiyasini bildirdi”, – deyiladi “Interfaks” xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shaxrat Nurishev mamlakat Rossiya – Ukraina nizosida hech bir tarafning yonini olmayotgani, vaziyatni diplomatiya yo‘li bilan hal etilishiga umid bildirayotganini ma’lum qilgandi.
Prezident Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston ayni masalada zarur bo‘ladigan har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanini ta’kidlagan.