Bu haqda Rossiyaning Sputnik agentligi ma’lum qildi.

Agentlikning Tojikiston sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi ma’lumotiga asoslanib xabar berishicha, o‘tgan kunlarda (17-18 yanvar) mamlakatda COVID-19 ni yuqtirish bilan bog‘liq birorta ham yangi holat aniqlanmagan.

Shunday qilib, kasallanish statistikasi 5 yanvar holatida turibdi. O‘shanda besh kishida koronavirus aniqlangan edi. Mamlakat bo‘yicha kasallikka chalinganlar jami 13 ming 308 kishini tashkil etmoqda.

“Pandemiya boshlangandan buyon shifokorlar 13 ming 218 kishini, yoki jami bemorlarning 99,3 foizini koronavirusdan davolashga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, Tojikistonda pandemiya davrida COVID-19 dan vafot etganlar soni 90 kishini tashkil etmoqda”, deyiladi xabarda.

O‘zA