Shohjahon Ergashev yana bir raqibini nokautga uchratdi

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Chikagoda oʻzining 15-jangini oʻtkazdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.
Ushbu jangda hamyurtimizga amerikalik Zaka Remsi raqiblik qildi. Sakkiz raundga moʻljallangan jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Bokschimiz ilk raundda raqibini nokautga uchratdi.
Maʼlumot uchun, Remsi prof ringda 13 ta jang oʻtkazib, ularning 8 tasida gʻalaba qozongan (4 tasi nokaut bilan). 5 marotaba magʻlub boʻlgan (3 marotaba nokautga uchragan).
Shohjahon uchun esa bu 15-jangdagi 15-gʻalaba boʻldi. U janglarining 14 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.

 

O’zA