Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiya birgalikda o‘tkazayotgan harbiy mashqlariga norozilik belgisi sifatida Shimoliy Koreya suvosti yadro quroli tizimi sinovini amalga oshirdi, deb xabar tarqatmoqda mamlakatning markaziy “Telegraf” agentligi.

Ta’kidlanishicha, AQSHning “Karl Vinson” atom aviatashuvchisi, ko‘p vazifani bajaruvchi “Aegis” jangovar tizimiga ega “Prinston” kreyseri, Yaponiya hamda Janubiy Koreya harbiy dengiz flotiga qarashli  kemalar 15 yanvarda Chechju orolida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazgan.

“O‘quv mashqlari bizning xavfsizligimizga jiddiy xavf soldi. Bunga javoban, Shimoliy Koreya milliy mudofaa akademiyasi huzuridagi suvosti qurollari tizimi instituti Yapon dengizida “Xeil-5-23” suvosti yadroviy qurol tizimini sinovdan o‘tkazdi”, — deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun: KXDR “Xeil” va “Xeil-2” tizimini o‘tgan yilda ham sinovdan o‘tkazgan edi.

OAV xabarlariga ko‘ra, ushbu “maxfiy qurol”, ya’ni, yadroviy suvosti droni 2012 yildan buyon ishlanmoqda va so‘nggi ikki yil ichida 50 dan ziyod sinov amalga oshirilgan.