Prezident qarori bilan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritilib, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki ularga xamrohlik qiluvchi shaxsga 1 yilda 1 marta temir yo‘l yoki shaharlararo avtobusda borish va qaytish uchun bepul chiptalar ajratiladi.

2024 yil 1 maydan reyestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya – oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun to‘lovlar o‘rniga har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdorida moddiy yordam joriy etiladi.

M.Eshmirzayeva, I.Ismatov (video), O‘zA