Misr Ma’muriy nazorat idorasi rahbari – vazir Amr Odil O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktori Akmal Burxonov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berdi “Yettinchi kun” (youm7) nashri.

Mezbon vazir ikki davlatni turli sohalarda bog‘lab turgan tarixiy aloqalar chuqurligiga ishora qilib, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ham birgalikda ish olib borish maqsadida sheriklikni yo‘lga qo‘yish masalasiga  e’tibor qaratdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston delegatsiyasi Misrning mintaqadagi alohida mavqeini ta’kidlab, korrupsiyaning oldini olish va ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha tajriba almashishdan manfaatdorligini bildirdi.

Muloqot yakunida tomonlar zarur axborot almashish imkoniyatini oshirish hamda ikki mamlakatning muvaffaqiyatli amaliyotini o‘zaro o‘rganish maqsadida anglashuv memorandumini imzoladilar.

O‘zA