Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) avgust oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Unda charm qo‘lqop ustalarimiz quyidagicha o‘rin olgan.

Birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg.) Murodjon Ahmadaliyev va super yengil vazn toifasida (63,5 kg.) Shohjahon Ergashev 3-o‘rinda qayd etildi.

Super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) borayotgan Isroil Madrimov o‘tgan oydagi singari 8-o‘rinda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA