AQSH Prezidenti Jo Bayden turkiyalik hamkasbi Rejep Tayyip Erdog‘anga Shvetsiyaning NATO a’zoligi uchun tegishli hujjatlarini ratifikatsiya qilish evaziga Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 11-13 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam va’da qilgan. Bu haqda amerikalik publitsist Seymur Xersh manbalarga tayangan holda yozdi.

Ijtimoiy tarmoq orqali Xersh “Baydenga g‘alaba kerak, Turkiya esa o‘tkir moliyaviy inqirozni boshidan kechirmoqda”, degan.

Vilnyus sammiti doirasida Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg va Yevrokengash raisi Sharl Mishel bilan muzokara chog‘ida Turkiya Stokgolmning NATOga qo‘shilishi bo‘yicha vetosini olib tashlagan edi.

Shvetsiya esa o‘z navbatida Turkiyaga YeI bilan integratsiya jarayonida ko‘makchi bo‘lishi qayd etilgan.

O‘zA