FOTOREPORTAJ

Nukus shahri markazida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda taniqli san’atkor va deputat Gulxatisha Ayimbetova, Kegeyli tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Gulbahor Bekmuradova so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada aholining farovon hayoti ta’minlanishi, inson huquq va erkinliklari qadrlanishi davlat tomonidan kafolatlanayotganini qayd etdi.

Darhaqiqat, joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, yangilanayotgan Bosh qomusimiz shu yurtda istiqomat qiluvchi barcha insonga tegishlidir.

Tadbir taniqli san’at ustalari, estrada xonandalari ijrosidagi sho‘x kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.

O‘zA fotomuxbiri 
Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar