Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistonda ish haqining bir qismini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘lash to‘g‘risidagi xabarlar yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 256-moddasi to‘rtinchi qismiga ko‘ra mehnatga natura shaklida haq to‘lash taqiqlangan, bundan O‘zbekiston  Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno ekanligi belgilangan.Qaror loyihasida ushbu mustasno holatlar belgilanmoqda, ya’ni:

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari;

uy ishchisini oziq-ovqat va uy-joy bilan ta’minlash uchun.

Mazkur holatda faqat:

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bo‘lgan ish beruvchilar tomonidan o‘zlari yetishtirilgan va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zlarining xodimlariga;

O‘ziga xizmat ko‘rsatilishi va uy xo‘jaligini yuritishda yordamlashish maqsadida uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy ishchilariga oziq-ovqat va uy-joy bilan ta’minlanishi mehnatga natura shaklida haq to‘lashga ruxsat etilishi mumkin.

Bunda, quyidagi talablar mavjud bo‘lishi belgilanmoqda:

Xodim rozi bo‘lishi, ya’ni ish haqini natura shaklida to‘lash mehnat sharnomada ko‘rsatilishi;

Xodimning oylik ish haqining 30 foizidan ortiq bo‘lmasligi;

xodim shaxsiy iste’moli va uning oilasi uchun mos va foydali bo‘lishi;

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etilayotgan tovar narxi uning tannarxidan yuqori bo‘lmasligi;

Uy ishchisining ish beruvchilari tomonidan taqdim etilayotgan tovar haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda taqdim etilmasligi lozim.

Loyiha bo‘yicha ish haqini natura shaklida haq to‘lash mumkin bo‘ladigan holatlar faqatgina yuqorida ko‘rsatilgan 2 ta holatda ruxsat etilishi mumkin boshqa sohalarda va boshqa xodimlar toifalariga ish haqini natura shaklida to‘lash taqiqlanadi.

O‘zA