Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida kelgusi yilda avtomobil yo‘llari bo‘yidagi 3 mingdan ortiq yer maydonlarini auksionga chiqarish ham servis sohasida yangi ish o‘rinlari uchun katta imkoniyat bo‘lishi aytildi.

1 aprelga qadar 60 mingta ko‘chma savdo shoxobchalari uchun yerlarni auksionga chiqarish topshirildi. Bu orqali kelasi yili kamida 200 ming aholi uchun daromadli ish o‘rni yaratish shart.

Uchinchi yo‘nalish – 8 milliard dollarlik 300 ta yirik loyihani ishga tushirish hisobiga yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish, sanoat zonalarida 16 trillion so‘mlik 1 ming 300 ta loyihani ishga tushirish belgilandi.

Mutasaddilarga kelgusi yilda tadbirkorlarga 536 ta noruda konlar va maydonlarni auksion orqali sotish, bunga investorlarni jalb qilib, qurilish materiallari sohasida yangi doimiy ish o‘rinlari yaratishshga topshiriq berildi.

O‘zA