photo_2018-01-29_12-23-29.jpg
 

Hindistonda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “India Open” xalqaro turnirining birinchi davra bahslari keskin va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tmoqda.

Musobaqaning ilk davrasida mamlakatimiz sharafini vazni 91 kilogrammdan ortiq bo‘lgan bokschilar o‘rtasida himoya qilgan Bahodir Jalolov hindistonlik Kumar Parvinga qarshi ringga ko‘tarildi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Vazni 56 kilogramm bo‘lgan Abdulhay Shorahmatov indoneziyalik Sunan Agung Amoragamni, 69 kilogramm vazn toifasida Bobousmon Boturov Seyshel orollari vakili Barnsley Shain Bonifatseni mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

“India Open” turnirining bugungi bahslarida hamyurtlarimizdan Mironshoh Ibrohimov filippinlik Ramel Magadoga bilan, Xudoynazar Fayzov indoneziyalik Aldoms Suguro bilan kuch sinashadi.

Sherbek Rahmatullayev esa mezbon sportchi Sing Bunteni sinovdan o‘tkazsa, iste’dodli bokschimiz Iqboljon Xoldorov yordaniyalikAlasbex Obada Mustafoga qarshi ringga ko‘tariladi. Shuningdek, tajribali sportchimiz Isroil Madrimov indoneziyalik Sandyarto Deno Feroja bilan Sanjar Tursunov kamerunlik Kristian Ndziye Soye bilan raqobatlashadi.