Italiya shimolida poyezd relsdan chiqib ketdi. Qurbonlar bor

Italiya shimolida Kremonadan Milanga yo‘l olgan poyezd payshanba kuni ertalab Milan va Venetsiya o‘rtasidagi temir yo‘l hududida relsdan chiqib ketgan, deya xabar tarqatdi Rainews24 telekanali.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda kamida ikki kishi halok bo‘lgan, o‘n kishi og‘ir jarohat olgan.

Voqea sodir bo‘lgan Poltello shahri hududiga tez yordam mashinalari yetib kelgan. Mazkur temir yo‘l liniyasida poyezdlarning kechiktirilishi e’lon qilingan.

 

O‘zA