Xalq banki Boshqaruvi Raisi Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 40 ga yaqin murojaatga yechim izladi

Xalq banki Boshqaruvi Raisi Murodilla Eshmatov tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani va Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida sayyor qabullar o‘tkazildi. Unda 100 dan ortiq yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Sayyor qabullar davomida kredit ajratish, ilgari olgan kredit muddatini uzaytirish, yer ajratish va boshqa masalalarda 40 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.
Xususan, Shumanay tumanidagi “Dilnova” MChJ rahbari Mansur Tajimuratov 330 mln. so‘m kredit (100 mln. bolalar bog‘chasiga, 230 mln. sport majmuasi qurishga) olish uchun so‘ragan murojaati joyida ijobiy hal qilindi.
Shuningdek, Shumanay tumanida zamonaviy axborot-kutubxona markazini tashkil qilish uchun Xalq banki 500 mln. so‘m miqdorida homiylik yordami ajratadigan bo‘ldi.
photo5402178490628942710.jpg
– Xalq banki Boshqaruvi Raisi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda chorvachilikni rivojlantirish uchun kredit olish masalasidagi murojaatim joyida hal etildi, – deydi Qo‘shko‘pir tumanidagi “Shuxrat Botir” fermer xo‘jaligi rahbari Botir Qahramonov. – Ya’ni xorijiy kredit liniyasi hisobidan 74 600 AQSh dollari miqdorida mablag‘ evaziga chetdan nasldor qoramollar olib kelish bo‘yicha loyihamiz ma’qullandi. Albatta, bank rahbariyati tomonidan bildirilgan ishonchni jamoamiz bilan oqlaymiz. Bunday sayyor uchrashuvlar bank hamda tadbirkor munosabatlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Sayyor qabullar hududlarda davom etmoqda.
Xalq bankining rasmiy sahifalari:
 
 
Telegram
XALQ BANKI
Rasmiy kanal
 

 

O’zA