Superligada ikkinchi davra taqvimi tasdiqlandi

O‘FA hamda Professional futbol ligasi mamlakat superligasining ikkinchi davrasiga belgilangan o‘yinlar taqvimini tasdiqladi.

Ta’kidlash joiz, PFL superliga klublari uchun taqvimda yengillik yaratish maqsadida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Bunda mamlakat milliy hamda olimpiya terma jamoalari murabbiylar shtabining rejalari hamda Superliga klublarining chempionatdagi ishtiroklari inobatga olingan.

O‘zbekiston superligasining ikkinchi davra o‘yinlari 26 iyul kuni start oladi. Joriy yilgi futbol mavsumiga esa 30 noyabr kuni o‘tkaziladigan Liga kubogining final uchrashuvi bilan yakun yasaladi. Chempionatning so‘nggi 26-tur o‘yinlari 27 noyabr sanasiga belgilangan.

O‘zbekiston kubogi-2019ning final o‘yini esa 26 oktabr kuni o‘tkaziladi.

Quyida ikkinchi davra o‘yinlari taqvimi (qisqartirilgan holda) bilan tanishing:

O‘zbekiston superligasi. Ikkinchi davra
14-tur
26-27 iyul
15-tur
30-31 iyul
O‘zbekiston kubogi. 1/8 final
3-4 avgust
16-tur
10-11 avgust
Liga kubogi
¼ final. 14 avgust
17-tur
17-18 avgust
O‘zbekiston kubogi
¼ final. 21-22 avgust
18-tur
26-28 avgust
19-tur
13-15 sentabr
20-tur
20-22 sentabr
O‘zbekiston kubogi
½ final. 26 sentabr
21-tur
30 sentabr-2 oktabr
22-tur
18-19 oktabr
20 oktabr
Zaxira kuni
Liga kubogi
½ final. 22 oktabr
O‘zbekiston kubogi
Final. 26 oktabr
23-tur
29-31 oktabr
24-tur
4-5 noyabr
25-tur
24 noyabr
26-tur
27 noyabr
Liga kubogi
Final. 30 noyabr

 

O‘zA