Fransiya kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi sement zavodi tashkil etilmoqda

Fransiya kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi sement zavodi tashkil etilmoqda

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatida Fransiyaning “Freyssine” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Jamiyat axborot xizmatining xabar berishicha, unda “Freyssine” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tarkibida ehtiyojlar uchun Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yangi sement zavodini tashkil etish masalasi koʻrib chiqilgan.
Uchrashuvda mazkur inshoot qurilishi belgilangan hududning geologik holati boʻyicha tekshiruvlarni oʻtkazish, zavodga xorijdan yangi texnika va texnologiyalarni olib kelish, korxonaning kelajakdagi salohiyati haqida fikr yuritildi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, yangi tashkil etilayotgan zavod yiliga 1 mln. tonna yuqori sifatli sement mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi.
Fransiyalik mutaxassislar tomonidan poytaxtimizda qurilishi rejalashtirilayotgan bir qator yoʻl oʻtkazgich va koʻpriklar, yangi metro liniyalarining loyihalari ham taqdim etildi.

 

O’zA

  05.02.2019, 08:19  |    138 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!