Men ham harbiy boʻlaman!

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabatibilanoʻtkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi“ Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Xususan, Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi akademik litseyda “Men ham harbiy boʻlaman!” mavzusida oʻtkazilgan tadbirda harbiy xizmatchilar, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar, oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar ijrosida Sohibqiron Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi jasoratiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlar namoyish etildi.
– Akademik litseyimizning maxsus harbiy taʼlim yoʻnalishidagi ikki guruhda 53 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Taʼlim dargohida oʻquvchilarining harbiy-jangovar mahoratini oshirish maqsadida “Yosh merganlar” va yana bir necha sport toʻgaraklari tashkil qilingan, – deydi akademik litseyning muddatli harbiy xizmatga chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi MurodSoipov. – Respublika miqyosida oʻtkazilib kelinayotgan harbiy sport musobaqalarida akademik litsey oʻquvchilari sovrinli oʻrinlarni egallamoqda
Akademik litseyda Vatanparvarlik oyligi davomida oʻquvchi-yoshlar ishtirokida qator madaniy tadbirlar va sport musobaqalari oʻtkazish hamda harbiy xizmatchilar hayoti bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan.
5.JPG
6.JPG
9.JPG

 

Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA