Orol baliqlaridan 99 tur taom tayyorlasa boʻladimi?

Orol baliqlaridan 99 tur taom tayyorlasa boʻladimi?

Buni joriy yilning 12-13-oktyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida “Orol baliqlaridan 99 tur taom” gastronomik xalqaro festivali va “Orol va Moʻynoqning qayta tiklanishi” mavzusida oʻtkaziladigan xalqaro Ekofestivalda bilib olishingiz mumkin.
Ushbu xalqaro tadbir Prezidentimizning 2017-yil 28-fevraldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanini 2017-2018-yillarda iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, hududning sayyohlik salohiyatini oshirish, boy madaniyatini aholi va jahon hamjamiyati orasida ommalashtirish kabi maqsadlarda tashkil etilmoqda.
Ayni paytda Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi “Orol baliqlaridan 99 tur taom” gastronomik xalqaro festivaliga qizgʻin hozirlik koʻrmoqda. Uyushma Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va qoʻshni viloyatlarning baliqdan turli taomlar tayyorlash boʻyicha mashhur oshpazlari, soha mutaxassislari bilan ishtirok etadi.
Shuningdek, xalqaro ahamiyatga ega mazkur tadbirda taniqli sanʼatkorlar, shoir va yozuvchilar, estradamizning mashhur xonandalari, raqs jamoalari, xalq cholgʻulari va musiqa ansambllari, folklor jamoalar ishtirok etadi.
12-13-oktyabr kunlari moʻynoqliklar barcha mehmonlarni kutadi.Saytimizni kuzatib boring, ushbu yirik xalqaro tadbir tafsilotlari, foto va video lavhalar keng yoritiladi.

 

OʻzA

  09.10.2018, 09:34  |    348 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!