Ertaga Markaziy Osiyo radioonkologiya kongressi boshlanadi

Ertaga Markaziy Osiyo radioonkologiya kongressi boshlanadi

Joriy yilning 5-7 oktyabr kunlari Toshkent viloyatining “Layner” togʻ-kurort majmuasida “Nur terapiyasining zamonaviy yutuqlari va uning Markaziy Osiyodagi istiqbollari” boʻyicha Markaziy Osiyo radioonkologiya kongressi oʻtkaziladi.

Unda Oʻzbekiston, Germaniya, Rossiya, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston nur terapiyasi, radioonkologiya sohasi boʻyicha yetakchi mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.

Xorijlik mutaxassislar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida boʻlib, bu yerdagi nur terapiyasi amaliyoti bilan yaqindan tanishadi. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar hokimiyatida oʻtkaziladigan uchrashuvlarda Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida soha boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Ushbu tadbir doirasida koʻrgazma, xalqaro kompaniya va ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA.

  05.10.2018, 07:53  |    226 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!