Prezident Yaponiya Bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy hududlarida ro‘y bergan suv toshqini oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va talafotlar yetgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi.