Afg‘oniston – bizning do‘stona hamkorimiz va qo‘shnimizdir

– Afg‘oniston davlatini qurishda to‘laqonli ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar yaratish g‘oyat muhimdir – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. – Mintaqaviy darajada – avvalo Pokiston, Hindiston, Eron, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Markaziy Osiyo davlatlarining qo‘llab-quvvatlashi bilan tomonlar o‘rtasida mustahkam kelishuvni ta’minlashga erishish zarur.

Afg‘onistonda iqtisodiy rivojlanish, xavfsizdik va barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq bir qator jiddiy muammolarni hal etish ko‘p jihatdan unga qo‘shni o‘lgan davlarlarga, bizning hoxish irodamiz, qat’iy qarorimiz va va bu mamlakatda milliy yarashuvni ta’minlash, zo‘ravonlikka barham berishda faol ishtirok etishda qanchalik tayyor ekanimizga bog‘liqligini , hammamiz yaxshi tushunamiz.

Biz endi afg‘onistonga uning hududidan tinchlik va barqarorlikka tahdid solmaydigan davlat sifatida qaray boshlashimiz kerak. Afg‘oniston – bizning do‘stona hamkorimiz va qo‘shnimizdir.