O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i
So‘nggi yillarda respublikada turizm va sport sohalarini yanada rivojlantirish, aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, infratuzilmani yaxshilash, turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash orqali turistlar sayohati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, madaniy merosni muhofaza qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan turizm, sport va madaniy meros sohalarini rivojlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmagan, raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklik, shu jumladan xususiy sektorning ushbu yo‘nalishlardagi rolini oshirish bo‘yicha o‘z yechimini topmagan masalalar mavjud.
Turizm, sport va madaniy meros sohalarida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ilg‘or xorijiy tajribaga tayanib ushbu yo‘nalishlarda infratuzilmani jadal rivojlantirish, ob’ektlardan samarali foydalanish, aholiga yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi;
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari negizida Turizm va sport vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari tashkil etilsin.
Turizm va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanishi belgilansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Turizm va sport vazirligi turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Turizm va sport vazirligi o‘z vakolatlari doirasida umummajburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli;
davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari Turizm va sport vazirligining murojaatiga ko‘ra tegishli ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etadi;
turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Turizm va sport vazirligi bilan kelishiladi.
3. Turizm va sport vazirligining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
a) turizm sohasida:
turizm ob’ektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;
mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirishga, turizm sohasida yagona davlat siyosati yuritilishiga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirish;
turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borishga, tarixiy-madaniy merosni keng targ‘ib qilishga, mamlakatimizning turizm qiyofasini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yo‘naltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;
ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan turizm infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish;
turizm turlarini diversifikatsiyalash, eng avvalo, ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, ta’lim va ilmiy turizmni hamda ularning infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
turizm sohasida xizmatlarni litsenziyalash va sertifikatlashtirish hamda turizm xizmatlarining belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi bo‘yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish;
turizm xizmatlarini tashkil etishda turistlarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlashga yo‘naltirilgan turizm xizmatlarini ko‘rsatish sifati va xavfsizligi standartlarini ishlab chiqish;
turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama ko‘maklashish, ushbu sohaga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish;
turizm ob’ektlarini joylashtirish uchun salohiyatli hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish, ularga investorlarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
turizm faoliyati sohasida turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar hamda turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar hamda normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish;
turizm sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishни yuqori darajada tashkil etish, tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
b) jismoniy tarbiya va sport sohasida:
sport ob’ektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;
aholining keng qatlamlarini sport bilan shuғуллaнишгa va sog‘lom turmush taрзини yuritishga jalb etish, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, oliy sport mahorati sohasida mamlakatimizning xalqaro sport maydonida munosib ishtirokini ta’minlashga qaratilgan yagona siyosatni amalga oshirish;
vazirliklar va idoralarning jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hamda клуbлaрининг, sport federatsiyalarining (assotsiatsiyalari) faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublika maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim hamda oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, instruktor va trenerlari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish, ommaviy sport turlariga keng jalb qilish borasida keng ko‘lamli ishlarni tashkillashtirish;
bolalarni sport bilan muntazam ravishda shuғуллaнишгa jalb etish, bolalar sport ta’limi sifatini oshirish, barcha hududlarda, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda sport ob’ektlari tarmog‘ini yanada kengaytirish orqali bolalar sportini yanada rivojlantirish;
Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya qilish), tayyorlash va mahoratini oshirishнинг, ular orasidan mamlakat terma jamoalari sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan hamkorlik qilish;
respublikadagi barcha vazirlik va idoralar (jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar) uchun sport normativлaрини ishlab chiqish va qabul qilish bo‘yicha yagona siyosatni olib borish;
mamlakatimizda ommaviy va professional sportni, shu jumladan, sport o‘yinlari, ekstremal va qishki sport turlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalar tashkil etish, nosog‘lom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar ishlatilishiga qarshi tizimli choralar ko‘rishni ta’minlash;
ommaviy va professional sport yo‘nalishlari bo‘yicha moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal darajada va samarali foydalanishni ta’minlash, sport asbob-uskunalari hamda inventarlarining mamlakatimizda ishlab chiqarilishini tashkil etish va kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishни tashkil etish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish hamda sport tashkilotlarini, ta’lim va sport-ta’lim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan ta’minlash;
xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish, ommabop sport dasturlarini tashkil etish;
v) moddiy madaniy meros sohasida:
madaniy meros ob’ektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;
davlat nazoratini amalga oshirish hamda moddiy madaniy meros ob’ektlarining, shu jumladan muzey ashyolari va kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish, ularni muhofaza qilish, ilmiy tadqiq etish va ommalashtirish, shuningdek, ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, xususan, Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya talablari hamda YUNESKO va boshqa tegishli xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini samarali bajarish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, olimlar, ekspertlar hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlik qilish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va tarixiy mahallalarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolish;
chet ellarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borishni tashkil qilish.
4. Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda – Kengash) etib qayta tashkil qilinsin hamda uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Kengash turizm, sport va madaniy meros ob’ektlarining davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarilishini hamda mazkur sohalarga zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilishini muvofiqlashtiradi.
5. Vazirlar Mahkamasi:
a) uch oy muddatda:
madaniy meros ob’ektlarining o‘ziga xos xususiyatini inobatga olib, ularga har qanday salbiy ta’sirlarni oldini olish, uzluksiz ravishda davlat va ilmiy-texnik nazorat olib borishni nazarda tutgan holda sohada davlat-xususiy sheriklikni joriy etish tartibini;
turizm, sport va madaniy meros ob’ektlari, shu jumladan ularning yer uchastkalari, binolari yoki qismlari va xonalarini davlat-xususiy sheriklik asosida berish yuzasidan xatlovdan o‘tkazilishini hamda uning natijalaridan kelib chiqib, ushbu ob’ektlarning ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda – ro‘yxat) tasdiqlanishini ta’minlasin;
b) ro‘yxatga kiritilgan har bir ob’ekt bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasi va uning konsepsiyasi, bitimlari hamda tender hujjatlarini tayyorlasin.
Kengashga ro‘yxatga kiritilgan umumiy qiymati bir million AQSH доллaридaн ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish asosida tender o‘tkazmasdan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuzish yuzasidan ruxsat berish huquqi berilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
Bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimi tugatilsin;
Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimi kiritilsin;
Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati etib qayta nomlansin va uning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 15 nafar etib belgilansin. Bunda, qo‘shimcha ajratilayotgan 3 ta shtat birligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qisqartirilayotgan xodimlari soni hisobiga shakllantiriladi;
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati Ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati etib qayta nomlansin va uning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 18 nafar etib belgilansin;
Davlat tilini rivojlantirish departamenti Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti etib qayta nomlansin va uning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 7 nafar etib belgilansin;
10 ta shtat birligidan iborat Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tashkil etilsin.
Belgilansinki, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi shtat birliklari O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazining 10 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
7. Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi negizida Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tashkil etilsin.
Madaniyat vazirligining hududiy madaniyat boshqarmalari tuzilmalaridagi moddiy madaniy meros ob’ektlaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo‘limlari tugatilsin va ularning shtat birliklari tegishliligicha Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalariga o‘tkazilsin.
8. Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat muzeylari, muzey qo‘riqxonalar va uy muzeylari, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari va “Moziydan sado” jurnali mavjud shtat birliklari va moddiy-texnika bazasi bilan to‘liq hajmda, moliyalashtirish, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Madaniy meros agentligiga o‘tkazilsin.
9. Belgilab qo‘yilsinki:
Madaniy meros agentligi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
2021 yilda va kelgusi yillarda Madaniyat vazirligiga Davlat byudjetidan madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya qilish va tiklash, shuningdek, arxeologik ishlar xarajatlari uchun ajratiladigan mablag‘lar Turizm va sport vazirligiga ajratiladi;
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlarini asrashga doir ishlarni amalga oshirish bo‘yicha Madaniy meros agentligi buyurtmachi hisoblanadi.
10. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati, Ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati, Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasining tuzilmalari, yangilangan shtat jadvallari hamda kotibiyat va inspeksiya to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin;
Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri hamda
Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining funksional vazifalarini tasdiqlasin;
Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, qo‘yilgan vazifalar samarali bajarilishini yuksak professional darajada ta’minlashga qodir bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsin;
Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq Hukumat qarorini qabul qilsin.
11. Turizm va sport vazirligi Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kadastr agentligi, Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2021 yil yakuniga qadar:
Turizm va sport vazirligining byudjetdan tashqari mablag‘lari, Madaniy meros jamg‘armasi, madaniy meros sohasiga Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan maxsus elektron portalni yaratsin, ushbu portalga barcha sport va madaniy meros ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarning (shu jumladan pasporti, davlat kadastri) joylashtirilishini va uni davlat elektron xizmatlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin;
barcha moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazsin hamda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari davlat reyestri, elektron katalogini, pasporti va davlat kadastrini to‘liq shakllantirsin.
12. Transport vazirligining belgilangan shtat birliklari doirasida vazirning turizm sohasida transport logistikasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etilsin.
13. Belgilansinki, transport vazirining turizm sohasida transport logistikasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi:
Kengashning taqdimnomasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi;
o‘z faoliyati davrida amalga oshirgan ishlari yuzasidan har oyda Kengashga hisobot berib boradi.
14. Belgilab qo‘yilsinki:
moddiy madaniy meros ob’ektining o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan o‘ziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududdagi muhofaza tegralarida kapital qurilish ishlarini hamda ularga zarar yetkazish bilan bog‘liq faoliyatni;
ruxsatnoma olmasdan turib moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlarini konservatsiyalash, restavratsiya qilish, tuzatish, ta’mirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish, shuningdek, ular bilan bog‘liq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
15. Turizm va sport vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
a) ikki oy muddatda moliyalashtirish manbalarini aniq ko‘rsatgan holda madaniy meros ob’ektlarini ularning muhofaza tegralari bo‘ylab o‘rab olish (to‘sib qo‘yish) va himoya qilish hamda qo‘riqlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) uch oy muddatda Bosh prokuratura bilan birgalikda madaniy meros ob’ektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida noqonuniy qurilgan qurilmalar va bino-inshootlarni bartaraf etish, ularning yer maydonlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilasin;
v) 2022 yil 1 yanvarga qadar:
tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini har birining joyiga borgan holda aniqlash, yangi ob’ekt bo‘yicha tarixiy-madaniy ekspertiza o‘tkazish va ularni davlat muhofazasiga olishni ta’minlasin;
moddiy madaniy meros ob’ektlarining qo‘riqlanadigan tegralarini, shu jumladan muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegralari, qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft tegralarini belgilasin;
xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda madaniy meros,
shu jumladan arxeologiya merosi ob’ektlari, madaniy boyliklarni olib kirish va olib chiqish, nomoddiy meros sohasiga oid qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar normalarini umumlashtirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi yagona qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Bosh prokuratura tashkiliy-shtat tuzilmasida 3 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan madaniy meros sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan, shu jumladan, madaniy merosni muhofaza qilish, asrashga doir ishlar va ulardan foydalanishning oqilona tashkil etilishini nazorat qilish bo‘yicha tegishli bo‘lim tashkil etilsin.
Bunda, 3 ta shtat birligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari xodimlari sonini qisqartirish hisobiga ajratiladi.
17. Turizm va sport vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jismoniy tarbiya va sport universitetiga qabul qilish talablarini qayta ko‘rib chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
18. Vazirliklar va idoralar hududlarda ishbilarmonlik turizmini (MICE-turizm) yanada rivojlantirish maqsadida 2021-2022 yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan sport, madaniyat, ilm-ma’rifat, iqtisodiyot, investitsiya hamda boshqa yo‘nalishlardagi yirik xalqaro tadbirlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etish choralarini ko‘rsin.
19. Turizm va sport vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin.
20. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021 yil 1 iyul va 2022 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOEV
Toshkent shahri,
2021 yil 6 aprel