O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 19 iyunda

qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 21 iyunda

ma’qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan O‘RQ–2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9,
144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6,
102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda,
№ 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda,
№ 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6,
261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6,
248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar,
№ 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda;
2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil,
№ 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda,
№ 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310,
312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7,
430-modda, № 10, 679-modda; 2019 yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 661-moddaning birinchi qismi «1411-moddasining birinchi qismida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish)» degan so‘zlardan keyin
«1412-moddasining birinchi qismida (shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish)» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

2) quyidagi mazmundagi 1412-modda bilan to‘ldirilsin:

«1412-modda. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi

qonun hujjatlarini buzish

Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, –

eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;

b) takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;

v) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa;

g) xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa;

d) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, –

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil,
№ 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil,
№ 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5,
124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8,
217-modda; 2001 yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2,
18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil,
№ 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9,
422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177,
187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar;
2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469,
470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar,
№ 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda,
№ 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12,
336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar,
№ 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12,
385-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506,
510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218,
224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019 yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar) quyidagi o‘zgartish
va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 38-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv:

1) ichki ishlar organlarining;

2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining va uning joylardagi bo‘linmalarining;

3) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining va uning joylardagi bo‘linmalarining;

4) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining va uning joylardagi bo‘linmalarining;

5) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining va uning joylardagi bo‘linmalarining surishtiruvchilari tomonidan amalga oshiriladi»;

2) 391-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 13-band bilan to‘ldirilsin:

«13) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi bo‘linmalari – qonun bilan ularning ish yuritishiga berilgan ishlar bo‘yicha»;

3) 345-moddaning oltinchi qismidagi «2591» raqami chiqarib tashlansin;

4) 3812-moddaning birinchi qismi:

1-bandidagi «2501-moddasi birinchi qismida (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari)» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin:

«5) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi bo‘linmalari – Jinoyat kodeksining 2501-moddasi birinchi qismida (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari) va 2591-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha».

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil,
№ 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5,
126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda,
№ 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda,
№ 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda;
2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil,
№ 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6,
261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar;
2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486,
488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472,
474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar;
2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar,
№ 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12,
336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1,
2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar;
2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda;
2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383,
385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 462-modda bilan to‘ldirilsin:

«462-modda. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun

hujjatlarini buzish

Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish, –

fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;

2) 245-moddaning birinchi qismi «461» raqamidan keyin «462» raqami bilan to‘ldirilsin;

3) quyidagi mazmundagi 2481-modda bilan to‘ldirilsin:

«2481-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

organlari

Ushbu Kodeksning 1851-moddasida (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan tashqari) va 2101-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi».

4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonunning 1-moddasi, 3-moddasining 1 va 2-bandlari 2019 yil 1 oktabrdan e’tiboran amalga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasining

Prezidenti                                 Sh. Mirziyoev

 

O’zA