Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 noyabrda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda
maʼqullangan
1) 328-modda:
1 va 2-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«1) fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalardan (shikoyatlardan), alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan, chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlari va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun;
2) iqtisodiy sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizalardan, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish haqidagi arizalardan, iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizalardan, iqtisodiy sudning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish haqidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi, sud jarimalarini solish haqidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar boʻyicha iqtisodiy sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizalardan, chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi ishlar boʻyicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek iqtisodiy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlari va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun»;
quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
2) 329 va 330-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«329-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda
davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) daʼvogarlar – ish haqini undirib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;
2) daʼvogarlar – alimentlar undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
3) daʼvogarlar – mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
4) daʼvogarlar – noqonuniy hukm etish, jinoiy javobgarlikka tortish, maʼmuriy jazo berish tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq nizolar yuzasidan;
5) daʼvogarlar – jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
6) yuridik va jismoniy shaxslar – alimentlarni undirishga doir fuqarolik ishlari bilan bogʻliq hujjatlarni ularga berganlik uchun;
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlari hamda manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga ariza bilan murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslar;
8) yuridik va jismoniy shaxslar – davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar yuzasidan;
9) tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;
10) isteʼmolchilar – oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;
11) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari va isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari – isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini koʻzlab beriladigan daʼvolar yuzasidan;
12) daʼvogarlar – oʻrmon daraxtlarini oʻzboshimchalik bilan kesish hamda oʻrmondan foydalanish, oʻrmonni qoʻriqlash va muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli oʻrmon fondiga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
13) davlat organlari – oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan, shuningdek jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan, tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlgan mol-mulkni jismoniy shaxslar bu mol-mulkka xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlgan hollarda jismoniy shaxslardan davlat mulkiga olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
14) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari – palata aʼzolarining manfaatlarini, oʻz manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qilingan shikoyatlar yuzasidan;
15) nodavlat notijorat tashkilotlari – oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
16) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar – fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
17) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari – barcha daʼvolar yuzasidan;
18) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari – pensionerlardan (nafaqa oluvchilardan) ortiqcha (noqonuniy) toʻlangan pensiyalarning va nafaqalarning summalarini undirish bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning joylardagi organlari – koʻchish joyiga bormagan yoki koʻchib borgan joylarini oʻzboshimchalik bilan tark etgan koʻchirib keltiriluvchilarga nisbatan koʻchish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida taqdim etilgan daʼvolar yuzasidan;
20) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlari – atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan oʻzboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
21) Oʻzbekiston Respublikasi Cuv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda ularning joylardagi organlari – suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlarni davlat daromadiga undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
22) sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi – majburiy sugʻurta operatsiyalari bilan bogʻliq ishlar yuzasidan;
23) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi – investorlarning, qimmatli qogʻozlar egalarining hamda davlatning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadidagi daʼvolar yuzasidan;
24) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari –barcha ishlar hamda hujjatlar yuzasidan, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar boʻyicha sudga arizalar berganlik uchun;
25) ichki ishlar organlari – alimentlar va boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni qidirish uchun qilingan xarajatlarni undirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
26) prokuratura organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
27) adliya organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
28) undiruvchi yoki davlat ijrochisi – qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha xarajatlarning oʻrnini qarzdor tomonidan qoplash toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
29) Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi – intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq egalarining huquqlarini himoya qilishni koʻzlab qilinadigan daʼvolar yuzasidan;
30) Oʻzbekiston fyermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari – fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan, shuningdek fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan shikoyatlar yuzasidan;
31) Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari – qoʻmita vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan daʼvolar va arizalar yuzasidan;
32) mulkdorlar – xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan;
33) yakka tartibdagi quruvchi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish chogʻida buyurtmachining vazifasi qonun hujjatlariga muvofiq qaysi yuridik shaxsning zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs – qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish masalalari yuzasidan yakka tartibdagi quruvchilar bilan nizolarni hal etish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
34) qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq qaysi tijorat banklarining zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, oʻsha tijorat banklari – qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan imtiyozli ipoteka kreditlari yuzasidan qarz oluvchilarning kreditorlik qarzlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
35) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari – ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
36) tadbirkorlik subyektlari – hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza berganda.
Ushbu modda birinchi qismining 8–10, 32–36-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
330-modda. Iqtisodiy sudlarda davlat bojini
toʻlashdan ozod qilish
Iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) arizachi va javobgar – qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirmagan korxonalarni tugatishga doir ishlar boʻyicha;
2) daʼvogarlar – oʻrmon daraxtlarini oʻzboshimchalik bilan kesish hamda oʻrmondan foydalanish, oʻrmonni qoʻriqlash va muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli oʻrmon fondiga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi, oʻrmon xoʻjaligi daromadi summalarini (shu jumladan, oʻrmon daraxtlarini oʻsib turgan joyida sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va neustoykani, shuningdek oʻzboshimchalik bilan oʻrmon daraxtlarini kesganlik, pichan oʻrganlik va mollarni oʻtlatganlik uchun jarimalarni) undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari – palata aʼzolarining manfaatlarini, shuningdek oʻz manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan;
4) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar – fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha;
5) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari – barcha daʼvolar boʻyicha;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari – “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga ketgan mablagʻlarni tashkilotlardan undirib olish boʻyicha daʼvolar, shu jumladan regress daʼvolar yuzasidan;
7) sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi – majburiy sugʻurta operatsiyalari bilan bogʻliq barcha ishlar boʻyicha;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda ularning joylardagi organlari – suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlarni davlat daromadiga undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlari – atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan oʻzboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning tartib va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
10) Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari – qoʻmita vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan daʼvolar va arizalar yuzasidan;
11) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi – investorlarning, qimmatli qogʻozlar egalarining hamda davlatning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadidagi daʼvolar boʻyicha;
12) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari – barcha ishlar hamda hujjatlar boʻyicha, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar boʻyicha sudga arizalar berganlik uchun;
13) prokuratura organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
14) adliya organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
15) undiruvchi yoki davlat ijrochisi – qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha xarajatlarning oʻrnini qarzdor tomonidan qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
16) xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan hukumatlararo kelishuvlar asosida berilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarzdor sifatida qatnashuvchi davlat organlari va tashkilotlari – subzayom oluvchilardan paydo boʻlgan qarzdorliklarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
17) davlat ehtiyojlari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish shartnomalari boʻyicha sotib oluvchi hisoblangan davlat organlari va tashkilotlari – yetkazib beruvchilar (pudratchilar) tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilmaganligi bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;
18) Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi – intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq egalarining huquqlarini himoya qilishni koʻzlab qilinadigan daʼvolar yuzasidan;
19) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari – fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan;
20) arizachi va javobgar – huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha;
21) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari – ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
22) tadbirkorlik subyektlari – hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza berganda.
Ushbu modda birinchi qismining 21 va 22-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi»;
3) quyidagi mazmundagi 3301-modda bilan toʻldirilsin:
«3301-modda. Maʼmuriy sudlarda davlat bojini
toʻlashdan ozod qilish
Maʼmuriy sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) tadbirkorlik subyektlari – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari – davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata aʼzolarining manfaatlarini, shuningdek oʻz manfaatlarini koʻzlab berilgan arizalar boʻyicha;
3) nodavlat notijorat tashkilotlari – oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
4) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar – fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
5) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari – oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
6) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari – barcha ishlar hamda hujjatlar boʻyicha;
7) prokuratura organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab beriladigan arizalar yuzasidan;
8) adliya organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab beriladigan arizalar yuzasidan;
9) yuridik va jismoniy shaxslar – davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan beriladigan arizalar (shikoyatlar) boʻyicha;
10) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari – fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab beriladigan arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
11) mulkdorlar – xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan;
12) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari – ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
13) taraflar – muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish haqidagi ishlar yuzasidan.
Ushbu modda birinchi qismining 1, 9, 11, 12-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi»;
4) 337-modda:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishdan dastlabki daʼvogar chiqib ketgan va u huquqiy voris bilan almashtirilgan hollarda, davlat boji, agar u dastlabki daʼvogar tomonidan toʻlanmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda huquqiy vorisdan undiriladi”;
oltinchi qismidagi «fuqarolik protsessual va xoʻjalik protsessual» degan soʻzlar “fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi qismidagi “undiriladi” degan soʻz “toʻlanadi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
yigirma ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Daʼvo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarishga asos boʻlgan sharoitlar bartaraf etilganidan soʻng takroran beriladigan daʼvo arizalariga (arizalarga, shikoyatlarga) davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat davlat boji takroran toʻlanishining oldini olish uchun ilova qilinishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi yigirma toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bildirilgan talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji ariza qaysi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan boʻlsa, shu shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi”;
yigirma toʻrtinchi – yigirma yettinchi qismlari tegishincha yigirma beshinchi – yigirma sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
5) 342-moddaning birinchi qismi:
2 va 3-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«2) sud daʼvo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarganda yoki qabul qilishni rad etganda, shuningdek davlat notarial idoralari notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etganda;
3) apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati qaytarilganda yoki uni qabul qilish rad etilganda»;
quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
«31) davlat boji toʻlangan daʼvo arizasi (ariza, shikoyat) yoki apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati sudga kelib tushmaganda».
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining
Prezidenti Sh. Mirziyoyev