O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilganining 30yilligini nishonlash doirasida Xitoyda «Psearcher» axborot-tahliliy jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni nashrdan chiqdi.

“Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” nomli  rangli nashrda  O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy sohalarda  amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar hamda yaqin kelajakda mamlakatimizni rivojlantirishva tashqi siyosatning ustuvor  yo‘nalishlarini ilgari surish maqsadlari yoritilgan.

Xususan, maqolada “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning amalga oshirish yakunlari va 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasidagi asosiy vazifalar tahlil qilinadi. Tahliliy maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyodagimintaqaviy siyosatiсамаралари, O‘zbekiston-Xitoy munosabatidagi har tomonlama strategik sheriklikning muhim jihatlari, davlatimiz rahbarining BMT, SHHT kabi xalqaro tashkilotlar doirasidagi muhim tashabbuslariga alohida e’tibor qaratilgan.

“Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” nomli maqola xorijlik o‘quvchilarni mamlakatimizni kelgusi besh yilda har tomonlamarivojlantirishga doir maqsad va vazifalar bilan tanishtiradi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonPrezidentиning inauguratsiya marosimidagi nutqida o‘qib eshittirilgan Strategiya milliy rivojlanishning yangi bosqichini boshlab beradi. Yangi Strategiyaning asosiy g‘oyasi yangi,«inson – jamiyat – davlat» tamoyiliga asoslanadi.

Tashqi siyosiy ustuvorlik haqida so‘z borar ekan, O‘zbekiston pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat va iqtisodiy diplomatiya borasidagi munosabatni yanada rivojlantirishi ta’kidlanadi. “Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikni tobora kuchaytirish bundan buyon ham asosiy maqsad bo‘lib qoladi. Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari va dunyoning barcha mintaqalaridagi sheriklar bilan o‘zaro manfaatli va ko‘pqirrali aloqani kengaytirishga alohida e’tibor beriladi”, deb yozadi nashr.

“O‘zbekistonning ortib borayotgan investitsiyaviy jozibadorligi” maqolasi pandemiya oqibatlariga qaramay, ajoyib o‘sish sur’atini namoyon etayotgan mamlakatimizning iqtisodiy yutuqlariga bag‘ishlangan.

«bugungi kunda O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya ishtirokidagi 50 dan ortiq kompaniya faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Shu bilan birga mashhur brendlar ham mamlakatda mintaqaviy vakolatxona, ishlab chiqarish korxonalari ochmoqda. So‘nggi yillarda bu ro‘yxatda «Apple Distribution International», «Netflix», «Google Commerce», «Google Voice», «Samsung Electronics», «Xsolla» kabi brendlar nomi paydo bo‘ldi», – qayd etiladi maqolada.

Xitoy nashrida ta’kidlanishicha, 2017 yil boshidan buyon O‘zbekistonga barcha  manbalar hisobidan 83 milliard dollar ajratilgan. Bu  oldingi davrga nisbatan  ikki barobar ko‘p. Xorijdan jalb qilingan mablag‘ 27 milliard dollarni tashkil etmoqda. O‘zlashtirilgan investitsiyaning 65 foizi sanoat va infratuzilma loyihalariga to‘g‘ri keladi.

«Psearcher» jurnalida xabar qilinishicha, 2017-2021 yillar O‘zbekiston sanoatida YAIM ulushi 24 foizdan 33 foizga ko‘tarilgan, sanoat ishlab chiqarish hajmi 1,3 barobar oshgan. Bu davrda 47 mingdan ortiq yirik, o‘rta va kichik loyiha amalga oshirilgan, 680 mingdan ziyod doimiy ish o‘rni yaratilgan.

«Umuman olganda, O‘zbekiston – boy resurs va inson kapitaliga, jadal rivojlanayotgan bozor, yuqori darajadagi daromadga ega mamlakat. Bularning bari institutsional islohotlar sharoitida har qandayxorijiy sarmoyador uchun kengimkoniyat ochadi», – deyiladi maqolada.

O‘zbekistonPrezidentи yuritayotgan mintaqaviy siyosatning o‘ziga xos xususiyati, Markaziy Osiyodagi o‘zgarishjarayonida mamlakatimizning muhim roliga bag‘ishlangan alohida maqolaда qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari,respublikamizning Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan aniq harakatlari samarasida mintaqadagi mamlakatlar o‘rtasida siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, transport va boshqa sohalardagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi.

PrezidentShavkat Mirziyoyevningmintaqaviy tashkilotlar doirasidagi tashabbuslariga yuqori baho beriladi. Bu borada BMT Bosh Assambleyasining 2018 yilda qabul qilingan “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasiga ham e’tibor qaratiladi. Qayd etilishicha, rezolyutsiyaning qabul qilinishi davlatimiz rahbari 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi 72-sessisida ilgari surgan  tashabbusi natijasidir.

Maqolada yozilishicha, yuz berayotgan o‘zgarishlar tashqi hamkorlar o‘rtasida Markaziy Osiyoga nisbatan alohida davlatlar emas, ajralmas mintaqa sifatida yangicha qarash shakllanishiga xizmat qildi. Dunyoda Markaziy Osiyoga nisbatan e’tibori kuchaymoqda, yetakchi davlatlar va xalqaro moliya institutlarining mintaqa davlatlari qo‘shma tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qiziqishi tobora ortmoqda. So‘nggi yillarda Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya, BAA va boshqa davlatlar bilan samarali bitim, kelishuvlarga erishilgan. AQSH va YeI mamlakatlari bilan  pragmatik hamkorlikni  yanada rivojlantirish  bo‘yicha yangi qadamlar qo‘yildi.

JurnaldaO‘zbekistonning 2022 yilda SHHT raisligi davridagi ustuvor vazifalar ham yoritilgan.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston SHHT faoliyatidagi ishtirokini sezilarli darajada kuchaytirdi. “O‘zbekiston o‘z raisligi davrida SEO-savdoni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish, SHHT sanoat hamkorligi dasturini tayyorlash va qabul qilish, SHHTning transport aloqalarini rivojlantirish Strategiyasini qabul qilish, kambag‘allikni qisqartirish va oziq-ovqat xavfsizligini  kuchaytirish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni  faollashtirish, axborot xavfsizligi forumini tashkil qilishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Shuningdek, hududlararo aloqani hamda xalq diplomatiyasini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, SHHT loyihalarini amalga oshirishda tashkilotga a’zo mamlakatlar muloqoti va faol ishtirokini kuchaytirish masalalari ham e’tibor markazida”, – deb yozadi jurnal.

Alohida katta maqola O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilganining 30yilligiga bag‘ishlangan.

Qayd etilishicha,  tarixiy jihatdan bu qisqa davr ichida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabat do‘stlik, ishonch va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash  tamoyiliga asoslangan har tomonlama strategik sheriklik kasb etdi.

So‘nggi yillarda oliy darajadagi faol siyosiy muloqot samarasida erishilgan ko‘p qirrali hamkorlikningchuqurlashuviga alohida urg‘uberilgan.

«PrezidentShavkat Mirziyoyev va XXR Raisi Si Szinpin o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida savdo, iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yuqori darajadagi hamkorlikni saqlab qolish imkonini berdi. So‘nggi besh yilda XXR O‘zbekiston tashqi  savdosida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

30 yil ichida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 140 barobaro‘sdi va 2021 yil 7,4 milliard dollardan oshdi. Bugun O‘zbekiston eksportining 20 foizdan ortig‘i Xitoy bozoriga yo‘naltirilgan”, – deydi muallif.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sog‘liqni saqlash va kambag‘allikka qarshi kurashishyo‘nalishlaridaizchil hamkorlik mavjud.

Tomonlar pandemiya boshlangandan buyon bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelayotgni qayd etiladi. Hamkorlikda O‘zbekiston-Xitoy vaksinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani samarali hamkorlik natijasi bo‘ldi.

Kambag‘allikni qisqartirish amaliy hamkorlikning yana bir dolzarb  yo‘nalishiga aylangan. Ta’kidlanishicha, kambag‘allikni qisqartirish va farovonlikni oshirishTaraqqiyot strategiyasining eng muhim bandlaridan biri hisoblanadi. Nafaqat ijtimoiy himoya, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, kasbiy tayyorgarlik, toza ichimlik suvi, energiya resurslari va yo‘l infratuzilmasidan foydalanish kabi sohalarda ham kompleks yondashuv va yangi usullarni joriy etishustuvor vazifa etib belgilangan.

“Ana shu maqsadda O‘zbekiston qishloq sanoatini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, qishloq infratuzilmasini yaxshilash kabi yo‘nalishlarda Xitoy bilan yaqin hamkorlik qilish niyatida”, – deyiladi nashrda.

Jurnaldagi boshqa maqolalarda PrezidentShavkat Mirziyoyevning BMT, SHHT doirasidagi tashabbuslari, respublikamizning yoshlar siyosati, O‘zbekiston va Xitoyning SHHT doirasidagi sherikligi natijalari, ikki davlat o‘rtasida sayyohlik va boshqa sohalardagi hamkorlik istiqboli aks ettirilgan.

O‘zA