O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, XPK raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zEOAVMA raisi etib tayinlandi.

Bu haqda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi a’zolarining umumiy yig‘ilishida ma’lum bo‘lgan. Qayd etilishicha, Assotsiatsiyaning sobiq raisi Firdavs Abduxoliqov o‘z lavozimidan ozod etishni so‘ragan.

Tayinlov O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi a’zolarining umumiy yig‘ilishida amalga oshirilgan.

O‘zA