O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSH hamkorligining dolzarb masalalari, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va kelgusi tadbirlar jadvali muhokama qilindi.

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Tashqi ishlar vazirligi

matbuot xizmati