Yaqinda davlatimiz rahbarining «Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingan edi.

Mazkur hujjat bilan 2022 yil 1 yanvardan har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimlari ta’sis etilgan.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimida ishlab kelayotgan 38 nafar xodim bugun hokim yordamchisi lavozimida o‘z faoliyatini boshladi.

Ma’lumot uchun, hokim yordamchilari faoliyatidan maqsad mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni “xonadonbay” o‘rganish, aholining bandlik darajasi, oilalarning daromad manbalari, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini tahlil qilish va aholining daromadini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Maftuna KARIMOVA, O‘zA