2022 yil 11 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 201759 (+604) nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining:

5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

11 nafari Andijon viloyatida,

7 nafari Buxoro viloyatida,

41 nafari Jizzax viloyatida,

24 nafari Qashqadaryo viloyatida,

4 nafari Navoiy viloyatida,

3 nafari Namangan viloyatida,

42 nafari Samarqand viloyatida,

13 nafari Sirdaryo viloyatida,

9 nafari Farg‘ona viloyatida,

17 nafari Xorazm viloyatida,

97 nafari Toshkent viloyatida,

331 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Andijon viloyatida 14 nafar,

Buxoro viloyatida 6 nafar,

Jizzax viloyatida 36 nafar,

Namangan viloyatida 2 nafar,

Samarqand viloyatida 40 nafar,

Farg‘ona viloyatida 7 nafar,

Xorazm viloyatida 22 nafar,

Toshkent viloyatida 40 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197475 (+167) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1505 nafarni tashkil qildi.

Ma’lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi “omikron” shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir.

Afsuski, so‘nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda “omikron” shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilib, kasallikka qarshi to‘liq emlanishlarini so‘rab qolamiz.