Vazirlar Mahkamasining “2019 yil 16 noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, yer uchastkalarini olib qo‘yish jarayonida yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarning oldi olinadi. Nizomda kiritilgan o‘zgartirishlar ushbu sohada yuzaga kelgan nizolarni samarali hal etish, yer uchastkalari egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini yoqlaydi.

Qarorga ko‘ra, Nizomning 1.33-bandi quyidagicha boyigan:

“Bayonnomada investitsiya loyihalari ushbu hududda amalga oshirilishiga rozilik bergan yoki qarshi bo‘lgan mulkdorlar ko‘rsatilishi shart.

Yana bir muhim o‘zgarish: “Ochiq muhokama davomida investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan yer uchaskasida investitsiya loyihasi amalga oshirilishiga bitta mulkdor qarshi bo‘lgan taqdirda ham mazkur hududda ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi”.

Nizomning 2.47-bandi esa quyidagicha tahrir qilingan:

“Olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdorlarining 75 foizidan yozma rozilik olinganda (Kelishuv tuzilganda) tashabbuskor ularning ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha beriladigan kompensatsiya miqdori, turlari va muddatini belgilash to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqli”.

O‘ZA