Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida yurtimizdagi koronavirus bilan bog‘liq mavjud epidemiologik holat yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutasaddilari hamda vazirlik qoshidagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zolari ishtirok etmoqda.

Anjumanda mamlakatimizga “omikron” shtammi kirib kelishi, kelgusida ko‘zda tutilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimovning takidlashicha, yurtimizda 2021 yil iyun oyining ikkinchi yarmidan boshlab kasallanish ko‘rsatkichlari o‘sgan.

Iyul oyida kasallik aniqlanishining yuqori cho‘qqisiga chiqdi, avgust oyining birinchi yarmida biroz stabil holat yuzaga keldi. Avgust oyining ikkinchi yarmi va sentyabr oyidan boshlab kasallik aniqlanishining pasayishi kuzatilgani hamda so‘nggi bir hafta davomida kasallanishning oshgani qayd etilmoqda.

 

Mohigul Qosimova,O‘zA