Mamlakatimizga koronavirusning “omikron” shtammi kirib kelgan boʻlsa-da, atrofimizda tibbiy niqob taqqanlar juda kam. Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiy niqobsiz yurganlarga 1 million 350 ming soʻm miqdorida jarima jazosi qoʻllanilishi borasida xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli? Ushbu tartib qachondan kuchga kirgan yoki qachondan kuchga kiradi?

SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Habibulla Oqilovning taʼkidlashicha, bu tartib amalda va bekor boʻlmagan. Belgilangan meʼyorlarga muvofiq, jarima tayinlanadi. Endilikda Milliy gvardiya xodimlari tibbiy niqob taqmagan fuqaroga niqob taqishi kerakligi borasida eslatib tushuntirish ishlarini olib boradi hamda yonida tibbiy niqobi boʻlmaganlarga niqob beradi.

Mohigul Qosimova, O‘zA