O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi Elchixonasi va Bosh konsulxonalari ushbu mamlakat hududidagi O‘zbekiston fuqarolari, jumladan talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda. Zarur holatda O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shu bilan birga Qozog‘istonning ayrim hududlarida favqulodda holat e’lon qilinishi munosabati bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlarga rioya qilishlarini so‘raymiz.

Zarurat tug‘ilganda hamyurtlarimiz O‘zbekiston Respublikasining Nur-Sulton (telefon: +7 771 020 36 73), Almati (telefon: +7 777 950 44 33) va Aqtau (telefon: +7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.

Tashqi ishlar vazirligi
matbuot xizmati