BMT Qozog‘istondagi vaziyatni xavotir bilan kuzatib bormoqda, muhimi, barcha tomonlar zo‘ravonlikdan tiyilishi kerak, dedi BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik brifingda.

“Biz Qozog‘istonda yuzaga kelgan vaziyatni xavotir bilan kuzatib turibmiz. Eng muhimi, ushbu voqealarga aloqasi bo‘lgan barcha tomonlar o‘zlarini tiyib, zo‘ravonliklarga yo‘l qo‘ymasin va barcha muammolarni hal qilish uchun muloqot yo‘lini qo‘llab-quvvatlasin”, – dedi Dyujarrik.

Qozog‘istondagi BMT xodimlariga hozircha tahdidlar yo‘q, dedi BMT bosh kotibining rasmiy vakili. “Bizning Qozog‘istonda vakolatxonamiz bor. Xodimlarimiz bilan bog‘landik. Ularning xavfsizligiga, hayoti va ishlashiga tahdidlar yo‘q”, – dedi Dyujarrik brifingda.