Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida mahkumni ozodlikka chiqarib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, Davlat xavfsizlik xizmati Qo‘ng‘irot tumani bo‘limlari hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Sh.A. manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum F.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 10000 AQSH dollari evaziga muddatidan oldin ozodlikka chiqarib berishga kelishib, shundan 5000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA