O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov Qashqadaryo viloyatida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Uchrashuvda partiya faollari, deputatlar, viloyat jamoatchiligi vakillari ishtirok etmoqda.

Nomzodning ishonchli vakili, Ekologik partiya Qashqadaryo viloyati kengashi raisi Nosir Halimov yig‘ilganlarni N.Oblomurodovning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

Yuzma-yuz muloqotda Narzullo Oblomurodov saylovchilarni o‘z saylovoldi dasturining ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

 

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA