2024 yil 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi saylovchilarning faolligi asosida o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar, tuman va shahar kengashlariga saylovlarda jami 15 mln. 27 ming 529 nafar saylovchi ovoz berdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 74,72 foizini tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) Kengashlariga saylangan deputatlarning partiyaviy mansubligi quyidagicha:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan – 1 876 ta o‘rin yoki 32,94 foiz,
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan – 1 162 ta o‘rin yoki 20,4 foiz,
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan – 1 030 ta o‘rin yoki 18,09 foiz,
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan – 857 ta o‘rin yoki 15,05 foiz,
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan – 770 ta yoki 13,52 foizni tashkil etadi.
M.Komilova, O‘zA