“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida davom etayotgan bayram tadbirida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev sportchilarimizning Tokioda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada va ayni paytda davom etayotgan paralimpiada o‘yinlarida qo‘lga kiritgan yutuqlari xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.

– Yaqinda Yaponiyada bo‘lib o‘tgan 32-yozgi Olimpiya o‘yinlarida mohir sportchilarimiz g‘olib va sovrindor bo‘lib, barchamizni quvontirdilar.

Ayni kunlarda Tokioda yozgi Paralimpiya o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston jamoasi a’zolari bugungi kunga qadar 5 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, o‘zlarining tengsiz matonatini namoyon etmoqdalar. Yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan mana shu jasoratli o‘g‘il-qizlarimizga yangi muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz, – dedi Prezidentimiz.

Tantanali bayram tadbiri davom etmoqda.

O‘zA