Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy veb-saytida xabar qilmoqda.
Mazkur mablag‘ning 47,1 milliard so‘mi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning mahalliy byudjeti hisobidan, qolgan qismi esa O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Ushbu mablag‘lar evaziga 2 ming 779 ta bolalar maydonchasini qurish va ta’mirlash (34,3 milliard so‘m), 126,8 ming pogona metr sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash (7,7 milliard so‘m), 754,3 ming kvadrat metr yo‘laklarga beton qoplash (44,3 milliard so‘m), 7,1 ming dona tashqi yoritgichlarni ta’mirlash va almashtirish (7,9 milliard so‘m) ishlari amalga oshiriladi.
Bugungi kunda respublikamizda ko‘p qavatli uy-joylar soni 32,4 mingdan ortiq bo‘lib, ularga to‘rt mingdan ortig‘iga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda.