O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1991-2020 yillarda pensiyalarning miqdori 65 marotaba oshirildi.

Jumladan, 2016 yilda 1,15 baravarga, 2017 yilda 1,15 baravarga, 2018 yilda 1,17 baravarga, 2019 yilda 1,15 baravarga oshirilgan bo‘lsa, 2020 yilda 1,17 baravarga oshirildi.

Pensiya jamg‘armasi tizimida hisobga olingan pensiya oluvchilarning 2016 yil 1 yanvar holatiga respublika bo‘yicha bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori 421 629 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yil 1 yanvar holatiga 812 568 so‘mga yetdi yoki o‘tgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga asosan pensiyalar miqdori 1,93 baravarga oshirildi.

Shundan, 2021 yil 1 yanvar holatiga bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori Toshkent shahrida 1 130 804 so‘mni, Navoiy viloyatida 1 056 126 so‘mni, Toshkent viloyatda 897 625 so‘mni, Buxoro viloyatida 832 638 so‘mni, Sirdaryo viloyatida 824 130 so‘mni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 807 356 so‘mni, Samarqand viloyatida 790 325 so‘mni, Xorazm viloyatida 761 782 so‘mni, Qashqadaryo viloyatida 758 730 so‘mni, Surxondaryo viloyatida 737 790 so‘mni, Farg‘ona viloyatida

730 112 so‘mni, Jizzax viloyatida 727 737 so‘mni, Namangan viloyatida 691 427 so‘mni va Andijon viloyatida 690 522 so‘mni tashkil qildi.

2021 yil 1 yanvar holatiga respublika bo‘yicha pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 424 629 nafarni tashkil qilib, umumiy aholi sonidagi ulushi 10,0 foizni tashkil qilgan holda 1991 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 1 265634 nafarga yoki 37,0 foizga ko‘paydi.

Shundan, pensiya oluvchilarning umumiy soni Farg‘ona viloyatida 405 484 nafarni, Samarqand viloyatida 361 184 nafarni, Toshkent shahrida 328 303 nafarni, Toshkent viloyatda 327 148 nafarni, Andijon viloyatida 320 517 nafarni, Qashqadaryo viloyatida 295 431 nafarni, Namangan viloyatida 265 744 nafarni, Surxondaryo viloyatida 265 829 nafarni, Buxoro viloyatida 215 287 nafarni, Xorazm viloyatida 185 649 nafarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 183 288 nafarni, Navoiy viloyatida 113 858 nafarni, Jizzax viloyatida 111 047 nafarni va Sirdaryo viloyatida 85 866 nafarni tashkil qildi.

Pensiya jamg‘armasi