Bu “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida keltirildi.
Mazkur tizim 2021 yilning 1 mayidan boshlab amaliyotga tatbiq etila boshlanadi. Bunga Adliya, Axborot texnologiyalari vazirliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mas’ul etib belgilandi.
Ushbu loyiha orqali mahalliy davlat hokimiyati idoralarining qarorlarini hisobga qo‘yish va e’lon qilish bo‘yicha elektron axborot tizimini joriy etish, elektron tizimidan foydalanish, uni yuritish va unda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash ishlari amalga oshiriladi.
Shu bilan birga elektron tizim orqali qabul qilinmagan hujjatlarni amalga kiritganlik hamda normativ-huquqiy hujjatlarni adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazmagan holda tizim orqali qabul qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari hodimlari mazkur tizimda ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi uchun o‘qitiladi.