AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Florida shtatidan kongressmen Mett Geys nomzodi Adliya vaziri lavozimiga ko‘rsatilishini e’lon qildi. Shu mazmundagi bayonot ijtimoiy tarmoqda e’lon qilindi.

Tramp 42 yoshli Mettni tizimni isloh qilish tarafdori sifatida iste’dodli, fidoyi huquqshunos, deya ta’rifladi va chegaralar xavfsizligini kuchaytirishi, jinoiy guruhlarni yo‘q qilish choralarini ko‘rishi va amerikaliklar orasida departamentga ishonchni tiklashiga ishonch bildirdi.

Agar Senat tasdiqlasa, Geys demokrat Merrik Garland o‘rnida bosh prokuror bo‘lib ish boshlaydi.

Qayd etilishicha, yangi nomzod avval Vakillar palatasi Axloq qo‘mitasi tomonidan jinsiy zo‘ravonlik va noqonuniy moddalardan foydalanish ehtimoli bo‘yicha tergov qilingan.