Joylarda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda parlamentning faol ishtirok etishi muhim.

Masalan, bu yil hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlarini qurish, mahallalarni obod qilish bo‘yicha investitsiya dasturlariga 30 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi. 

Biroq, ana shu dasturni qabul qilishda qaysi deputat qatnashdi, uning ijrosi bo‘yicha kimdan hisobot talab qildi, degan savollar ochiq qolmoqda.

Shu munosabat bilan Prezident investitsiya dasturlarini tayyorlashda deputatlar ham albatta ishtirok etadigan, ularning fikri inobatga olinadigan tizim yaratish tashabbusini ilgari surdi.

Bundan tashqari, tuman va shaharlarning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish maqsadida kelgusi yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini to‘liq, daromad solig‘ining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning o‘zida qoldirish taklif etildi.

O‘zA