Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zladi.

Keyingi yillarda palata faoliyatida jamoatchilik ishtiroki yanada kuchaydi. 

Xususan, yangilangan Konstitutsiyamizda 100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar o‘z takliflarini quyi palataga kiritish huquqiga ega ekani kafolatlandi.

Fuqarolarning tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident Qonunchilik palatasi huzurida Jamoaviy tashabbuslar bo‘yicha parlament komissiyasini tashkil etishni taklif qildi.

O‘zA