Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA bugun 2020 yilning eng faol va zo‘r faoliyat yuritgan vazirlik, tashkilot, hokimlik va banklarni aniqlashda davom etmoqda.
Qisqacha aytganda, O‘zbekistonda ramziy ma’nodagi to‘rtinchi hokimiyat bu yil haqiqiy hokimiyat egalarini taqdirlamoqda.
Tanlovda yurtimizning moliya muassaslari uchun ham alohida yo‘nalishlar va o‘rin ajratilgan. Zero, hududlar rivojini albatta banklarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘zA materiallar tahlili asosida yilning eng yaxshi banklarini ham aniqladi
Ayni daqiqalarda yurtimizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishmoqda. Marhamat ular bilan tanishtiramiz.
“2020 yilda OAV bilan eng faol ishlagan bank tizimi” nominatsiyasiga “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki loyiq ko‘rildi.
“2020 yilda xalq ishonchini qozongan bank tizimi” nominatsiyasida “O‘zsanoatqurilish bank” g‘olib bo‘ldi.
«2020 yilda davlat dasturlarida eng faol ishtirok etgan bank» nominatsiyasi g‘olibi -“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik-tijorat banki
«2020 yilning xalqqa eng yaqin bo‘lgan shaffof banki» esa “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki, deya e’tirof etildi.
Qayd etish kerakki, yurtimizda xususiy banklar tarmog‘i ham kenagyib bormoqda. Ular mijozlarga xizmat ko‘rsatishda o‘ziga xos yondoshuv va innovatsiyalar taklif etmoqda.
Aholiga ko‘rsatayotgan sifatli va tezkor xizmatlari tufayli bugungi tanlovimizda birinchi marta xususiy bank jamoasi ham g‘oliblar safidan o‘rin oldi.
“2020 yilda mijozlarga eng sifatli xizmat ko‘rsatgan xususiy bank” nominatsiyasi g‘olibi -«Trastbank» xususiy tijorat banki bo‘ldi.