Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ni qayta tiklash fondini tuzish bo‘yicha farmonni imzoladi.
“AZERTAC” davlat agentligi ma’lumotida ta’kidlanishicha, hududdagi tiklanish ishlari mamlakatning iqtisodiy va siyosiy suverenitetining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
“Ozod etilgan tumanlardagi qurilishlar va yaratuvchan faoliyatning tiklanishi Ozarbayjonning yangi taraqqiyotida muhim bosqich bo‘ladi”, deyiladi ma’lumotda.