Inspeksiya vakilining O‘zAga ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantinini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi rahbarligiga Ergashev Ibrohim Kenjabayevich tayinlangan.
Shu paytgacha bu lavozimda Sodiqov Alisher Mirzaliyevich faoliyat yuritayotgan edi.
Ibrohim Ergashev bungacha “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmui boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan. 2014-2016-yillarda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantinini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-avgustdagi farmoni bilan tashkil etilgan.