Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
q a r o r i
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yana-da takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hayʼatlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2017-yil 19-oktyabrdagi 855-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi q a r o r q i l a d i:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hayʼati aʼzolarining soni 9 (toʻqqiz) nafardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hayʼati aʼzolari quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
1. Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich – favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi
2. Kuldashev Abdulla Xamidullayevich – favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari
Z. lavozimiga koʻra – favqulodda vaziyatlar vazirining favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boʻyicha oʻrinbosari
4. Latifjonov Azizbek Raximovich – favqulodda vaziyatlar vazirining moliya-iqtisod va moddiy-texnik taʼminot boʻyicha oʻrinbosari
5. Abdijalilov Kamil Xalbayevich – favqulodda vaziyatlar vazirining kadrlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
6. Djurayev Shuxrat Xujamberdiyevich – favqulodda vaziyatlar vazirining qurilish va muhandislik muhofaza ishlari boʻyicha oʻrinbosari
7. Berdiyev Kabul Raimovich – Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshligʻi
8. Davletov Azamat Saparbayevich – Qoraqalpogʻiston Respyblikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi
9. Muxitdinov Muxtor Yashnarovich – Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 6-yanvardagi 12-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respyblikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining
Bosh vaziri A. Aripov
Toshkent shahri,
2020-yil 28-oktyabr
OʻzA