Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida oʻsmirlar oʻrtasida boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi.
Chempionat Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, mamlakatimiz boks federatsiyasi va bir qator tashkilotlar tomonidan Olimpiya oʻyinlari turkumidan joy olgan sport turlarini, jumladan, boksni oʻsmirlar oʻrtasida ommalashtirish, yosh isteʼdod egalarini aniqlash va ularni terma jamoa tarkibiga qoʻshish maqsadida tashkil etildi.
27-oktyabr kuniga qadar davom etadigan musobaqada respublikamizning turli hududlaridan kelgan 301 nafar charm qoʻlqop ustasi 15 vazn toifasida raqobatlashadi.
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA