Bangladesh elchisi bilan uchrashuv

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Bangladesh Xalq Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Masʼud Mannanni qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Bangladesh oʻrtasidagi har tomonlama sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va munosabatlarni yana-da mustahkamlash istiqboli muhokama qilindi.
Ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini orttirish hamda qishloq xoʻjaligi va toʻqimachilik sanoati tarmoqlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini kengaytirish ustuvor ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

 

OʻzA